platina.uz
Jahon

Afgʻonistonda dahshatli zilzila: kamida 120 kishi halok boʻlgan

Zilzila epitsentri Hirot shahridan 40 km uzoqlikda joylashgan.

Afgʻonistonda dahshatli zilzila: kamida 120 kishi halok boʻlgan

Afgʻoniston gʻarbida, Eron bilan chegara yaqinida 6,3 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Kamida 120 kishi halok boʻldi, ammo qurbonlar soni yana sezilarli darajada oshishi mumkin. Mingga yaqin kishi jarohatlangan.

Zilzila epitsentri Hirot shahridan 40 km uzoqlikda joylashgan boʻlib, yer silkinishlari mahalliy vaqt bilan 11:00 atrofida boshlangan.

Koʻplab binolar vayron boʻlgan, odamlar vayronalar ostida qolib ketgan, kamida uchta kuchli zilzila sodir boʻlgan.

Omon qolganlarning aytishicha, ofis binolari avval silkina boshlagan, keyin esa qulagan.

“Biz ofisimizda edik va birdan bino qimirlay boshladi. Devorlardagi gipslar tusha boshladi, yoriqlar paydo boʻldi, baʼzi devorlar va binoning qismlari qulab tushdi”, dedi hirotlik Bashir Ahmad.

“Men oilam bilan bogʻlana olmayapman, mobil aloqam ishlamayapti. Men juda xavotirdaman va qoʻrqaman, bu dahshatli", deya qoʻshimcha qildi u.

Favqulodda xizmatlar matbuot kotibi Mosa Ashari jurnalistlarga shunday dedi: "Bizning maʼlumotlarimizga koʻra, bugungi kunga qadar mingdan ortiq ayollar, bolalar va keksa fuqarolar jarohatlangan va 120 ga yaqin odam halok boʻlgan".

Tasdiqlanmagan maʼlumotlarga koʻra, hozirda qurbonlar soni 300 kishidan oshadi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid