Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashdi, Isroil urushga tayyorligini eʼlon qildi
7 oktabr kuni ertalab Isroil Gʻazo sektoridan raketa hujumlariga uchradi.

Bugun, 7 oktabr kuni ertalab Isroil Gʻazo sektoridan raketa hujumlariga uchradi. Natijada 70 yoshli ayol halok boʻldi, kamida uch kishi jarohat oldi.
Hujum uchun masʼuliyatni Falastinning HAMAS jangari guruhi oʻz zimmasiga oldi. Ularning rahbari "Al-Aqsa boʻroni" operatsiyasi boshlanganini eʼlon qildi.
Oʻz navbatida, Isroil mudofaa kuchlari mamlakat hududiga guruhning bir necha jangarilari kirib kelganini, shuningdek, urushga shaylik holatini eʼlon qildi.
Bundan tashqari, Isroil mudofaa vaziri zahiradagi askarlarni harbiy xizmatga chaqirishni buyurdi va mamlakatning markaziy qismida alohida holat joriy etildi.
HAMAS guruhi rahbari Muhammad ad-Daif Isroilni Al-Aqso masjidini egallab olish va qator bosqinlarda ayblab chiqqan.