Taxmina Ikromova eng yaxshi natijani qayd etdi
U kecha jamoamiy dasturda ham oltin medalga ega chiqqan edi.
Sport
7-oktabr 2023 yil
Badiiy gimnastika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Taxmina Ikromova delegatsiyamizga navbatdagi oltin medalni taqdim qildi.
Yakkalikning koʻpkurash dasturida ishtirok etgan yurtdoshimiz 131.300 ball bilan eng yaxshi natijani qayd etdi. Eslatib oʻtamiz, Parij-2024 Olimpiadasi litsenziati kecha jamoamiy dasturda ham oltin medalga ega chiqqan edi.
Ilgariroq Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi Osiyo oʻyinlarida bronza medalni qoʻlga kiritgandi.