platina.uz
Sport

Oʻzbekiston futbolchilari 29 yil oʻtib yana sovrindorga aylandi

Timur Kapadze shogirdlari Gongkongga imkoniyat qoldirmadi. 

Oʻzbekiston futbolchilari 29 yil oʻtib yana sovrindorga aylandi

Xirosima-1994 Osiyo oʻyinlaridan keyin futbolchilarimiz yana shohsupada. Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi uchinchi oʻrin uchun kechgan bahsda Gonkongni yirik 4:0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Shu tariqa, Parij-2024 Olimpiya oʻyinlariga tayyorlanayotgan Timur Kapadze shogirdlari Osiyo oʻyinlarida bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

Erkin kurash boʻyicha Parij-2024 Olimpiadasi litsenziati Javrail Shapiyev (-86 kg) oʻz shaxsiy sovrinlari kolleksiyasiga Osiyo oʻyinlari medalini ham qoʻshib qoʻydi. Hamyurtimiz bronza medali uchun kechgan murosasiz bellashuvda bahraynlik Magomed Sharipovni magʻlubiyatga uchratdi.

Erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Bekzod Abdurahmonov Osiyo oʻyinlaridagi uchinchi medalini qoʻlga kiritdi. -74 kg vazn toifasida bahs olib borgan hamyurtimiz bronza medali uchun kechgan bellashuvda turkmanistonlik Perman Xommadovdan ustun keldi. Eslatib oʻtamiz, Abdurahmonovning hisobida 2014 va 2018-yilgi Osiyo oʻyinlarining oltin medallari bor.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid