Oʻzbek shaxmatchilariga oltin medal nasib etmadi
Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Rustam Jangabayev ham sovrindor boʻldi.

Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi Osiyo oʻyinlarida delegatsiyamizga navbatdagi medalni taqdim qildi. Yigitlarimiz jamoaviy dasturda bronza medallariga egalik qilishdi.
Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Rustam Jangabayev ham sovrindorlar qatoridan joy oldi.
+109 kg vazn toifasida bahs olib borgan yurtdoshimiz dast koʻtarishda 190 kg, siltab koʻtarishda 233 kg, ikki kurashda esa 423 kg bilan bronza medaliga sazovor boʻldi. Oltin va kumush medallari Bahrayn hamda Eron vakillariga nasib etdi.