Eng boy kasb egalari kimlar?

Platina.uz hozirgi kunda Oʻzbekistondagi daromadi eng yuqori kasblar haqida aholidan soʻrovnoma oʻtkazdi.

Jamiyat
7-oktabr 2023 yil

Kasb tanlash katta hayot yoʻlidagi eng muhim qadam hisoblanadi. Inson oʻziga sevimli boʻlgan kasbni tanlash bilan birga, uning foyda va zararlari, sogʻligiga taʼsiri va, albatta, daromadiga ham eʼtibor berishi kerak. Shu maʼnoda Platina.uz hozirgi kunda Oʻzbekistondagi daromadi eng yuqori kasblar haqida aholi orasida soʻrovnoma oʻtkazdi.

Soʻrovnomaga koʻra, eng boy kasb egalarining birinchisida IT mutaxassislari turadi. Aholi IT sohasini kelajak kasblari qatoriga kiritar ekan, bu kasbga xorijiy tillarning (asosan, ingliz tili)ahamiyatini alohida taʼkidlashdi.

“Kompyuterni bilgan, tilni bilgan kam boʻlmayapti, har holda”, deydi suhbatdoshlarimizdan biri.

Shuningdek, keyingi oʻrinlarda biznesmen, shifokor, bankir, neft-gaz, benzin sanoatidagilarning ham daromadi yuqori deb topildi. Endilikda, bu kasblar safiga oʻqituvchilarni ham kiritish mumkin. Respondentlar “Hozir endi oʻqituvchilarning ham daromadi sekin-asta koʻpayib boryapti”, demoqda.

Qolaversa, aholida inson qaysi kasbda jon-dili bilan ishlasa, yaxshi koʻrib ishlasa oʻsha kasbda daromad koʻp boʻlishi haqidagi javoblar ham bor.

Odinaxon Dehqonova

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+