Afgʻonistonda juda kuchli zilzila kuzatildi
2 oktabr kuni qoʻshni Tojikistonda 5 magnitudaga yaqin zilzila sodir boʻlgandi.

Afgʻoniston gʻarbidagi kuchli silkinishlar kuzatilmoqda.
Jumladan, mamlakat gʻarbida soat 11.41 da 6.1 magnituda kuchga ega kuchli zilzila kuzatildi.
Kuchli 6.1 magnitudadan soʻng oʻsha seysmik hududda yana 5.5 va 6.2 magnitudali ikkita aftershok kuzatildi.
Eslatib oʻtish joizki, 2 oktabr kuni qoʻshni Tojikistonda 15 km chuqurlikda qariyb 5 magnitudaga yaqin zilzila kuzatilgandi.