platina.uz
Siyosat

Mirziyoyev Rossiya hukumati raisi bilan uchrashdi

Ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi, deyiladi xabarda.

Mirziyoyev Rossiya hukumati raisi bilan uchrashdi

Rasmiy tashrif bilan Moskvada boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin bilan muzokara oʻtkazdi.

Uchrashuv Rossiya Hukumatining Muvofiqlashtirish markazida boʻlib oʻtdi.

Ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Raqamlashtirish, sogʻliqni saqlash, taʼlim sohalarida hamda Oʻzbekistonda elektron savdoni joriy qilish boʻyicha loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shaharsozlik, uy-joy fondini renovatsiya qilish sohalarida tajriba almashishni yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi.

Muzokaralar yakunida Prezidentimiz Rossiya Hukumati Raisini rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelishga taklif etdi.

Soʻng Oʻzbekiston delegatsiyasi Rossiya Hukumatining Muvofiqlashtirish markazi bilan tanishdi. Mixail Mishustin davlatimiz rahbariga ijro hokimiyati organlarining tezkor va kelishilgan harakatlarini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan ushbu doimiy faoliyat yurituvchi idora faoliyati toʻgʻrisida batafsil axborot berdi, deyiladi rasmiy xabarda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid