Akbar Joʻrayev va Ruslan Nurudinovlarning yakuniy natijasi maʼlum boʻldi
Mazkur yoʻnalishda gʻoliblik xitoylik sportchiga nasib qildi.

Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Akbar Joʻrayev va Ruslan Nurudinov Osiyo oʻyinlarining sovrindoriga aylanishdi.
-109 kg vazn toifasida ishtirok etgan Akbar Joʻrayev 417 (189+228) kg bilan kumush, Ruslan Nurudinov esa 391 (175+216) kg bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Mazkur yoʻnalishda gʻoliblik siltab koʻtarish va ikki kurash boʻyicha Osiyo oʻyinlari rekordini oʻrnatgan xitoylik sportchiga nasib etdi. Huanhua Liu 418 (185+233) kg natija koʻrsatdi.
Avvalroq kanoe slalomida eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Anvar Klevleyevning natijasi maʼlum qilingandi.