Sobiq vazir oʻrinbosari yangi lavozimga tayinlandi
U sentabr oyi oxirida lavozimidan ozod etilgandi.

Rustamov Olimxon Bakiyevich - Qashqadaryo viloyati hokimining oʻrinbosari - viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati maʼlum qildi.
U 1966 yil Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent xalq xoʻjaligi instituti, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan va 28 sentabr kuni vazifasidan olingandi.