platina.uz
Madaniyat

Samarqandda Hollivud aktyori kasalxonaga yotqizildi

Uni darhol shifoxonaga olib borishgan va bir qator tekshiruvlar oʻtkazishgan.

Samarqandda Hollivud aktyori kasalxonaga yotqizildi

Taniqli Hollivud aktyori Kevin Speysi Samarqandda oʻtayotgan kinofestivalda shifoxonaga yotqizilgan.

64 yoshli aktyor shahardagi Afrosiyob muzeyini tomosha qilayotgan boʻlgan. Oʻzining aytishicha, chap qoʻli bir muddat ishlamagan.

Uni darhol shifoxonaga olib borishgan va bir qator tekshiruvlar oʻtkazishgan, jumladan, MRT ham qilishgan. Qoʻl ishlamasligi ortidan yurak xuruji roʻy berishi mumkin edi, ammo shifokorlar aktyorning ahvoli yaxshiligini aytishgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid