Namanganning sobiq hokimi vafot etdi
Uning davrida “Navbahor” futbol jamoasi oʻz tarixida yagona boʻlib turgan Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritgani aytiladi.

Davlat va jamoat arbobi, Namangan viloyatining sobiq hokimi Toʻlqin Otaxonovich Jabborov ogʻir xastalikdan soʻng 73 yoshida vafot etdi.
Toʻlqin Jabborov 1950 yilda Uchqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. 1996-2004 yillarda Namangan viloyati hokimi lavozimida samarali ish yuritgan.
Uning davrida “Navbahor” futbol jamoasi oʻz tarixida yagona boʻlib turgan Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritgani aytiladi.