Alfraganus — dunyoning yetakchi oliygohlarini birlashtirgan universitet

Xalqaro konferensiya joriy yilning 3-4 oktabr kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtmoqda, 5-6 oktabr kunlari esa Samarqand va Buxoro shaharlarida oʻz ishini olib boradi.

Jamiyat
4-oktabr 2023 yil

Yildan yilga mehnat bozori malakali kadrlar bilan boyib bormoqda. Endi kadrlarga talabni yuqori qoʻyishmoqda. Nafaqat mamlakatimiz rivoji uning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlanishi uchun, undan tashqari bugungi kunda vujudga kelayotgan mehnat bozorining yangi talablariga javob bera oladigan xalqaro mehnat bozorida raqobatdosh kadrlar yetishtirish asosiy masala boʻlib qolmoqda.

Toshkent shahridagi  Afraganus universiteti ham oliy taʼlimda xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va maʼnaviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi borasida salmoqli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Xalqaro konferensiyadan koʻzlangan asosiy maqsad xalqaro darajada oʻzaro ijtimoiy-iqtisodiy, fan-taʼlim, madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlash, davlatlar oʻrtasida iqtisodiy hamkorlikni takomillashtirish, xorijlik olimlar tomonidan tibbiyot, raqamli texnologiyalar, turizm, arxitektura va dizayn, zamonaviy taʼlimni tashkil etishda innovasion yondashuvlar sohalarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarga Oʻzbekistonlik yosh olimlar, oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, iqtidorli talaba-yoshlarni faol jalb qilish, samarali ilmiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hisoblanadi.

Bu yil ikkinchi marotaba tashkil etilayotgan xalqaro konferensiya qamrovi va geografiyasi ham kengaydi. Xususan, xalqaro konferensiya ishida mamlakatimizdagi 30dan ortiq oliy taʼlim muassasalari bilan bilan birgalikda, dunyoning 150ga yaqin Turkiya, Xitoy, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Chexiya, Shvetsiya, Latviya, Amerika qoʻshma shtatlari, Markaziy osiyo hamda Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi davlatlaridagi nufuzli yetakchi oliy taʼlim muassasalari rektorlari, professor-oʻqituvchilari, taniqli olimlar, xalqaro ekspertlar, ishtirokchi davlatlarning ishbilarmonlik doiralari, yetakchi kompaniyalari vakillari, YuNESKO, TIKA kabi xalqaro tashkilotlarning mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Xalqaro konferensiya doirasida globallashuv sharoitida iqtisodiy tizimlar va munosabatlar, turizm sohasidagi oʻzgarishlarning zamonaviy xususiyatlari, zamonaviy taʼlim, sharqona tarbiyada jismoniy tarbiya va sportning oʻrni va ahamiyati, sunʼiy intellekt va zamonaviy texnologiyalarning taʼlimdagi oʻrni, jamiyat modernizatsiyalashuvini ilmiy tadqiq etish: tarixi va falsafasi, pedagogika va psixologiyada innovasion tadqiqotlar, arxitektura va dizayn sohalarining rivojlanish istiqbollari, ipak yoʻlida umuminsoniy va milliy qadriyatlar: til, taʼlim, tarjima va madaniyat, zamonaviy tibbiyot: yangi yondashuvlar va dolzarb tadqiqotlar, innovatsion taraqqiyotda aniq fanlarning oʻrni yoʻnalishlarida yosh tadqiqotchilar, mamlakatimiz va xorijdagi taniqli olimlarning ilmiy maʼruzalari, tadbirkorlik va xorijiy kompaniyalar vakillari bilan amaliy uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.

Muhammadismoil Mahmudov, Alfraganus universiteti rektori: "Alfraganus universiteti va Turkiyaning Nejmettin Erbakan universiteti oʻrtasida tashkil qilingan “Bir makon – bir yoʻl: imkoniyatlar va muammolar, migratsiya, turizm va siyosiy iqtisod” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2022 yilda birinchi bor tashkil etilgan edi. Bu yil esa mana shu xalqaro konferensiyaning ikkinchisi tashkil etildi. Bu konferensiyaning ahamiyati shundaki, Respublikamizda olib borilayotgan taʼlim sohasidagi islohotlar natijasida yoshlarga taʼlim-tarbiya berishda xalqaro tajribalarni oʻrganish va shu bilan birgalikda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka xalqaro maydonda koʻrsatish eʼtiborga olingan”

Birol Mersan, Nejmettin Erbakan Universiteti Tashkiliy qoʻmita raisi: "Oʻtgan yili konferensiyaga 100 kishi qatnashgan edi. Va ulardan 80 tasi onlaynda, biz 20 tamiz esa bu yerda gaplashgan edik. Bu yil 500 ta kishi bor va 15 ta mamlakat bor. Oʻtgan yili 4 ta davlat bor edi. Tabiiyki, bu yaxshi holat. Nima uchun yaxshi, chunki eng kamida bu Ipak yoʻlidagi muammolar nima boʻladi va kim nimaga erishishini gaplashyapmiz.Oʻzbekistondan va Turkiyadan doʻstlik nashrini qilyapmiz. Oʻtgan yili doʻstlik nashrimiz yoʻq edi. Bu yil doʻstlik nashrlarimiz bor. Axborot almashinuvimiz kuchaymoqda. Akademik insonlar  Alfraganus universitetida dars beryapti. Oʻtgan yili faqatgina gaplashdik, bu yil amalga oshiryapmiz".

Mehmet Gavgali, Karamanogʻlu Mehmetbey Universiteti rektori: "Alfraganus universiteti bilan bu saroy soyasida, yaʼni Ipak yoʻli saroyi orqali tanishdim. Va tanishganimga haqiqatdan ham mamnun boʻldim. Lekin bu faqatgina tanishish emas, bundan keyingi kunlarda ilmiy jihatdan hamkorlik qilamiz. Hamkorlikdan biz avvalo oʻqituvchilar almashinuvini kutyapmiz. Yaʼni bizning universitetdagi oʻqituvchilarimizning Alfraganusga kelishini, Alfraganusdagi oʻqituvchilarning Qahramonga kelishini va u yerda ishlashlarini xohlayapmiz. Eng muhimi ilm-fan almashinuvi va uni yanada oldinga olib borish. Biz holatga batamom ilmiy jihatdan qarayapmiz".

Xalqaro konferensiya joriy yilning 3-4 oktabr kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtmoqda, 5-6 oktabr kunlari esa Samarqand va Buxoro shaharlarida oʻz ishini olib boradi.

​​​​​​

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+