platina.uz
Iqtisod

Zoyir Mirzayev bir kunning oʻzida byudjetdan milliardlab pul ajratdi

Nurafshon shahrida Zulfiya Zokirova memorial majmuasini qurish uchun 2 mlrd. soʻm berilishi koʻzda tutilmoqda. 

Zoyir Mirzayev bir kunning oʻzida byudjetdan milliardlab pul ajratdi

30 oktabr kuni Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning bir nechta farmoyishi bilan turli maqsadlar uchun milliardlab mablagʻlar ajratildi.

Jumladan, viloyat hokimligi "Yagona buyurtmachi xizmati" DUKka Boʻka tumanidagi sobiq mehribonlik uyi hududidagi ishlar uchun 2,8 mlrd. soʻm, Nurafshon shahrida istirohat bogʻi va favvora uchun 1,6 mlrd. soʻm, Toshkent viloyati "Qon quyish" binosini qurish uchun 2 mlrd. soʻm, Oʻrta Chirchiq tumanidagi Xalq qabulxonasi binosini taʼmirlash uchun 3 mlrd. soʻm ajratilishi belgilangan.

Yana bir farmoyish bilan Nurafshon shahrida Zulfiya Zokirova memorial majmuasini qurish uchun 2 mlrd. soʻm, Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi binosi uchun ham shuncha mablagʻ beriladi.

Chirchiq shahridagi harbiy omborxonani mukammal taʼmirlash va boshqa ishlar uchun 1,5 mlrd. soʻm, Chirchiq harbiy okrugidagi harbiylar zali uchun 1,8 mlrd. soʻm taqdim etiladi.

Viloyat hokimligi maʼmuriy binosi elektr jihozlarini taʼmirlash va boshqa anjomlar sotib olish uchun 72 mln. 274 ming ajratiladi.

Bundan tashqari, Angren shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab uchun 878 million soʻm, Oʻrtachirchiqdagi 20-sonli maktabga 1,2 mlrd. soʻm, Parkentdagi kasb-hunar maktabi rekonstruksiyasi uchun 1mlrd. 298 million soʻm beriladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid