platina.uz
Jamiyat

Noyabr oyida qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum boʻldi

1 noyabrda kunduzi havo harorati 17-19 daraja iliq boʻladi.

Noyabr oyida qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum boʻldi

"Oʻzgidromet" 2023 yil noyabr oyida qanday ob-havo kuzatilishi boʻyicha maʼlumot berdi.

Oktabr oyining oxirgi kunida yogʻib oʻtgan yomgʻir va sovuqdan soʻng, noyabr quruq va ancha iliq ob-havo bilan boshlanadi.

Oyning birinchi besh kunligida Oʻzbekistonning barcha hududlari boʻyicha havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol birozdan oʻrtacha tezlikkacha e sadi.

1 noyabrda kunduzi havo harorati 17-19 daraja iliq boʻladi, 2-5 noyabr kunlariga 21-24 daraja iliqqacha asta-sekin koʻtariladi. Faqat kechasi va yertalab 5-10 daraja iliq boʻlgan harorat bilan salqin boʻlishi kuzatiladi.

Keyinchalik, oyning oxirigacha, Oʻzgidrometning dastlabki baholashiga koʻra, 2023 yil noyabr oyida respublika hududining katta qismida harorat kechalari 5-10 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 15-20 daraja iliqdan 7-12 daraja iliqqacha oʻzgarib turishi kutilmoqda. Sovuq havo davrlarida esa kechasi va ertalab 0-2 daraja sovuqqacha boʻlishi mumkin.

Respublika shimolida ancha past harorat fonida - harorat kechalari 2-7 daraja iliqdan 2-7 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqdan 7-12 daraja iliqqacha oʻzgarib turishi kutilmoqda.

Ushbu noyabr oyida yogʻingarchilik meʼyor atrofida, baʼzi joylarda meʼyordan koʻp boʻlishi kutilmoqda. Yogʻingarchilik asosan yomgʻir koʻrinishida yogʻadi, sovuq davrlarda esa qorga aylanadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid