platina.uz
Jamiyat

Yil boshidan buyon qancha giyohvandlik moddasi qoʻlga olingani ochiqlandi

Sentabr oyida Toshkent aeroportida soʻnggi oʻttiz yil ichidagi eng yirik giyohvandlik moddalari partiyasi ( 8,5 tonna) ushlab qolingandi. 

Yil boshidan buyon qancha giyohvandlik moddasi qoʻlga olingani ochiqlandi

Oʻtgan 9 oy ichida bojxonachilar 9 ming kilogramga yaqin giyohvandlik vositasi aylanmasini fosh etishdi.

Bu haqda Bojxona qoʻmitasi axborot xizmati rahbari Nurbek Salomov maʼlumot berdi.

Oʻtgan 9 oyda jami:

- 8 ming 935 kilogrammga yaqin giyohvandlik vositalari;

- 619 ming dona psixotrop va kuchli taʼsir etuvchi moddalar;

- 4 mln 800 ming quti tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi fosh etilgan.

Shuningdek, 6,2 trln soʻm miqdoridagi bojxona toʻlovlarini kechiktirib toʻlashga ruxsat berildi. Davlat byudjetiga 40,3 trln soʻm miqdorida mablagʻ oʻtkazildi. Xavflarni boshqarish va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish yoʻnalishida 780 mlrd. soʻmlik tovarlarning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi, deyiladi qoʻmita maʼlumotida.

Taʼkidlash joizki, sentabr oyida Toshkent aeroportida soʻnggi oʻttiz yil ichidagi eng yirik giyohvandlik moddalari partiyasi ( 8,5 tonna) ushlab qolingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid