platina.uz
Jamiyat

Turkiyada siz koʻrishingiz kerak boʻlgan muzeylar roʻyxati

Quyida siz bilgan va bilmagan, Turkiya tarixi va madaniyatiga oydinlik kiritadigan gʻayrioddiy muzeylar bilan tanishishingiz mumkin.

Turkiyada siz koʻrishingiz kerak boʻlgan muzeylar roʻyxati

Ikki qitʼani birlashtirgan Istanbul nafaqat oʻzining gavjum sohillari, mazali taomlari, muhtasham koʻpriklari, mehmonsevar insonlari, minglab masjidlari, bepoyon manzarali dengizlariyu osmonoʻpar binolari bilan nom qozongan, balki ushbu xashamatli shahar oʻzining boy tarixga ega muzeylari bilan ham mashhur turistik shahar hisoblanadi. Kuz mavsumi boʻlishiga qaramay, Turkiya ayni damda issiq kunlarni boshdan kechirmoqda va bu mamlakatda sayohat qilish uchun eng qulay vaqtlardan sanaladi. Quyida siz bilgan va bilmagan, Turkiya tarixi va madaniyatiga oydinlik kiritadigan gʻayrioddiy muzeylari bilan tanishishingiz mumkin.

Ajab emas, muzey ishtiyoqmandlari bu ziyorat goʻshalarini oʻzlarining “Borib koʻrishi shart ziyoratgohlar roʻyxati”ga qoʻshishar?

Zeugma mozaika muzeyi, Gaziantep

Gaziantepning Nizip tumanidan 10 kilometr sharqda joylashgan Zeugma, Rim imperiyasi hukmronligi davrida diqqatga sazovor joy hisoblangan.

Shaharning ajoyib binolari va jonli ijtimoiy hayoti Gaziantepni muhim bir markazga aylantirdi va hunarmandlari butun mintaqada mashhur boʻlgan. Shahar aholisining salmoqli qismini tashkil etuvchi boylar oʻz qasrlari uchun ajoyib mozaikalar va devoriy suratlar chizdirishgan.

Devor freskalari Zeugmaning usta rassomlari tomonidan chizilgan boʻlsa, uy va binolarning yer qismi esa Furot daryosidan olingan rang-barang toshlar yordamida yaratilgan mifologik ertaklar va figuralar tasvirlari bilan bezalgan.

Zeugma qadimiy shahri qazishmalarida topilgan hayratlanarli mozaikalar hozir Gaziantepdagi Zeugma muzeyida namoyish etilmoqda. Dunyodagi eng muhim mozaika muzeylaridan biri boʻlgan Zeugma, mavzu va rang xilma-xilligi, shuningdek sifati, xususan, kvadrat metrdagi tesseralar (mozaik toshlar) soni boʻyicha favqulodda mozaika kolleksiyasiga ega.

Muzeydagi asarlarda oʻsha davrda shaharda yashagan aholi hayoti, oʻsha davrga oid eʼtiqod, madaniyat va meʼmorchilik mos ravishda tasvirlangan.

Muzeyning keng kolleksiyasida shuhrati butun dunyoga tarqalgan Loʻli qizi mozaikasi (Çingene Kız Mozaiği) bilan bir qatorda urush xudosi Marsning bronzadan yasalgan haykali ham oʻrin olgan.

Jahon merosi aks etgan muzey: Efes

YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan Izmirning Selchuk tumanidagi Efes qadimiy shahri har bir sayohatchining diqqat markazidadir. Taxminan 9000 yildan beri doimiy aholi istiqomat qilib kelgan mintaqa Ellinistik, Rim, Sharqiy Rim va Usmonlilar davri guvohi boʻlgan. Efes Artemidasi, Priapos, Isis va Misr ruhoniylari haykallari, shuningdek, quyon va delfin bilan tasvirlangan Eros haykallari va byustlari kabi qadimiy xazinalar toʻplamiga ega Efes muzeyi Turkiyaning eng muhim muzeylaridan biridir.

Onadoʻli tarixiga sayohat: Onadoʻli sivilizatsiyalari muzeyi

Turkiyaning poytaxti Anqara juda muhim muzeyga mezbonlik qiladi. U Anqara qalʼasi yaqinidagi ikki Usmonli binosida joylashgan Onadoʻli Taraqqiyot Muzeyi. 1997 yilda Yevropaning “Yil muzeyi” sifatida tanlangan muzey majmuasi, Onadoʻliga tegishli asarlarni oʻtmishdan hozirgi kungacha xronologik tarzda namoyish etadi. Muzey, Xetlardan Frigiyaliklarga qadar koʻplab davrlarni oʻz ichiga olgan paleolit, kalkolit va eski bronza davrlari, Ossuriya savdo koloniyalari, qadimgi Xet va Xet imperatorlik davrlarini oʻz ichiga oladi. U yerda Qadimgi Gordion shahridan topilgan asarlar ham oʻrin olgan.

Turk Riviyerasining marvaridlari: Antaliya muzeyi

Turkiyaning eng yirik muzeylaridan biri yiliga 300 kuni quyoshli boʻlgan Turk Riviyerasining yuragi Antaliyada joylashgan boʻlib, Antaliya chegaralari ichida yashagan uch qadimiy madaniyat hududi Likiya, Pamfiliya va Pisidiyaga bagʻishlangan va haykaltaroshlik asarlarini oʻz ichiga oladi. Antaliya muzeyi 1988 yili Yevropa Kengashining “Yil muzeyi” mukofotini qoʻlga kiritgan boʻlib, oʻz qiymatiga ega majmuadir. Muzey kolleksiyasida xorijdan Turkiyaga qaytarilgan koʻplab muhim asarlar mavjud. Qadimgi Bubon shahridan Septimius Severus haykali, Pergedan ikkita haykal va Chatalhoʻyukdagi ona maʼbudadan iborat jami 12 asarni oʻz vatanida, yaʼni, Antaliya muzeyida koʻrish mumkin.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid