Transport nazorati inspeksiyasiga rahbar tayinlandi
Bu haqda Transport vazirligi maʼlumot berdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Karimov Jamshid Abduhamidovich Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Jamshid Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari - yoʻl harakati xavfsizligini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Transport nazorati inspeksiyasini esa vaqtincha Faxriddin Salixov boshqarib kelayotgan boʻlgan.