platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi ogohlantirish bilan chiqdi

Oʻtgan yili bir nafar oʻzbekistonlik Seuldagi tiqilinch sabab vafot etgandi. 

Oʻzbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi ogohlantirish bilan chiqdi

Oʻzbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi ushbu davlatda boʻlib turgan oʻzbekistonliklarni ogohlantirdi.

2022 yil 29 oktabr kuni Hellouin nishonlangan Seulning Itevon koʻchasida tiqilinch roʻy berib, nafas qisilishi va yurak toʻxtashidan 156 kishi halok boʻlgan, 196 nafari esa jarohat olgan edi.

"Ushbu fojia natijasida Oʻzbekiston Respublikasining 1 nafar fuqarosi ham hayotdan bevaqt koʻz yumgan.

Shu munosabat bilan, Oʻzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi ushbu davlatda boʻlib turgan vatandoshlarimizga shu kunlarda odamlar gavjum tadbirlar, turli miting va namoyishlarda qatnashmaslikni soʻraydi" deyiladi maʼlumotda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid