Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Jiyenbay Izbasqanov vafot etdi
Bu haqda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.

29 oktabr kuni Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri, Berdaq nomidagi davlat mukofoti sovrindori Jiyenbay Izbasqanov 74 yoshida olamdan oʻtdi.
Bu haqda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.
Jiyanboy Izboskanov Qoraqalpogʻiston Davlat pedagogika institutining filologiya fakultetini tugatgan. Uning oʻndan ortiq sheʼriy kitoblari chop etilgan.