platina.uz

Temir yoʻl chiptalari narxlari keskin oshiriladi

Aytilishicha,  chiptalar narxi 4-5 yildan beri oʻzgarishsiz qolmoqda. 

Jamiyat
3-oktabr 2023 yil
Temir yoʻl chiptalari narxlari keskin oshiriladi

Temiryoʻl chiptalari narxi keskin oshadi. Bu haqda "Oʻztemiryoʻlovchi" AJ xabar berdi.

"Yoʻlovchi poyezdlar chipta narxlari soʻnggi marta 2018 yilda mahalliy yoʻnalishlarda, 2019 yilda yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdida qayta koʻrib chiqilgan boʻlib, oxirgi 4-5 yil mobaynida tariflar oʻzgarishsiz qolib kelmoqda.

2019-2022 yillar va 2023 yilning 9 oyi davomida Respublikamizda ish haqi miqdori 2.4 barobarga, elektroenergiya va yoqilgi narxlarining, logistika va transport xarajatlarining sezilarli darajada oshganligi, shuningdek, yoʻlovchi vagon parklarini yangilash, yangi poyezdlarni xarid qilish, temir yoʻl vokzallarini zamon talablariga mos ravishda saqlashni hisobga olgan holda chiptalar narxiga oʻzgartirishlar kiritilmoqda" deyiladi xabarda.

Shu munosabat bilan «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ yoʻlovchi tashish xoʻjaligidagi yoʻlovchi chiptalarni 2023 yilning 20 oktabr sanasidan mahalliy yoʻnalishlardagi yoʻlovchi poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 50% ga, yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdlari chiptalari toʻliq narxining 100%ga oshirilishini maʼlum qilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+