Oʻzbekistonda "Turk kinosi kunlari"ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Ochilishda soʻzga chiqqan Ozodbek Nazarbekov, festival faqatgina dunyoga mashhur kino sanʼatkorlarini birlashtiribgina qolmay, ayni vaqtda oʻzaro tajriba va uni almashishda ham muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

Oʻzbekistonda uyushtirilgan «Ipak yoʻli durdonasi» XV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida, tadbirning maxsus mehmoni – Turkiya Respublikasiga asos solinishining 100 - yilligiga bagʻishlangan «Madaniyat kechasi» va «Turk kinosi kunlari»ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Unda, Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti (TURKSOY) Bosh kotibi Sulton Rayev, Oʻzbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Madaniyat va turizm vaziri oʻrinbosari Batuhan Mumju, Turkiyaning Toshkentdagi elchisi Olgan Bekar hamda Turkiyadan kelgan sanʼatkor va mehmonlar ishtirok etdi.
Ochilishda soʻzga chiqqan Ozodbek Nazarbekov, festival faqatgina dunyoga mashhur kino sanʼatkorlarini birlashtiribgina qolmay, ayni vaqtda oʻzaro tajriba va uni almashishda ham muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.
Festival, kino sanʼati tarixida yorqin sahifa boʻlib qolishiga ishonchi komil ekanligini taʼkidlagan Nazarbekov, Oʻzbekiston kino sanʼatining 115 yillik tarixga ega ekaniga alohida eʼtibor qaratdi.
Nazarbekov, madaniyat va sanʼat ahlini qoʻllab-quvvatlagani tufayli Turkiya Madaniyat va turizm vazirligini Oʻzbekistoning «Madaniyat va sanʼat fidokori» medali bilan taqdirlash istagida ekanliklarini bildirib, mukofotni Batuhan Mumjuga topshirdi.
Madaniyat va turizm vaziri oʻrinbosari Mumju esa, ikki davlat oʻrtasida prezidentlik darajasida mustahkam aloqalar mavjudligiga eʼtibor qaratib, shu doirada madaniyat sohasidagi hamkorlik tobora ortib borayotganini taʼkidladi.
TURKSOY Bosh kotibi Rayev Turk dunyosi kinosiga hissa qoʻshgan, hayotini kinoga bagʻishlagan va uning rivoji uchun mehnat qilgan kino sanʼatkorlariga TURKSOYning «Faxriy» ordenini taqdim etdi.
Mazkur ordenga ozarbayjonlik Elchin Guliyev, qirgʻizistonlik Artikpay Suyundukov, qozogʻistonlik Tungishbay Jamankulov, turkmanistonlik Maya Aymedova, oʻzbekistonlik Gulchehra Jamilova, turk kino sanʼatkori va rejissyor Semih Kaplanoʻgʻlu sazovor deb topildilar.