OChL: Navbahorda yirik gʻalaba, Paxtakor yana yutqazdi
2-tur oʻyinlari doirasida Navbahor va Paxtakor jamoalari oʻyinlarini yakunladilar.

Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-tur oʻyinlari doirasida Navbahor va Paxtakor jamoalari oʻyinlarini yakunladilar.
Namanganda Hindistonning Mumbay Siti klubini qabul qilgan Navbahor raqibini yirik — 3:0 hisobida magʻlub etdi.
Saudiyaning Al-Fayxa mehmoni boʻlgan Paxtakor esa 2:0 hisobida magʻluiyatga uchradi. Shu tariqa toshkentliklar ketma-ket ikki marta magʻlub boʻlishmoqda.
OChL, guruh bosqichi, 2-tur
Navbahor - Mumbay Siti 3:0
Gollar: Iskanderov 52, Yaxshiboyev 28, Abdumannopov 88
Al-Fayxa - Paxtakor 2:0
Gollar: Sabiri 10, 71