platina.uz
Jamiyat

Kamar taqmaganlar ham endi kameraga tushadi

Old oʻrindiqdagi yoʻlovchilar ham kamar taqishi belgilangan, ammo ularga qaysi asos bilan jarima qoʻllash haligacha toʻliq hal etilmagan.

Kamar taqmaganlar ham endi kameraga tushadi

Endilikda kuzatuv kameralari harakat vaqtida xavfsizlik kamarini taqmagan haydovchilarni ham qayd etadi.

Bu haqda Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti yoʻl harakati xavfsizligi xizmati maʼlum qildi.

Qoidalarga koʻra mashina boshqarayotgan haydovchi va uning old oʻrindigʻidagi yoʻlovchilar harakatni boshlashdan oldin xavfsizlik kamarlarini taqib olishlari shart.

Kamar taqmaganlarga jarima miqdori BHMning 50 foizi, yaʼni 165 ming soʻmni tashkil etadi.

Old oʻrindiqdagi yoʻlovchilar ham kamar taqishi belgilangan, ammo ularga qaysi asos bilan jarima qoʻllash haligacha toʻliq hal etilmagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid