platina.uz
Siyosat

Doʻstlik, tarix va "paxta ishi": Haydar Aliyev haqidagi xotiralar

Moskvada yuqori lavozimlarda ishlagan vaqtida Aliyev 80-yillardagi "paxta ishi"da oʻzbek xalqi tarafida boʻlgan va Sharof Rashidovni provokatsiyalardan ogohlantirgan. 

Doʻstlik, tarix va "paxta ishi": Haydar Aliyev haqidagi xotiralar

Oʻzbekistonning Istanbuldagi sobiq konsuli, OʻzAning xalqaro tahririyati bosh muharriri oʻrinbosari Abror Gʻulomovning Ozarbayjon Umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev faoliyatiga bagʻishlangan maqolasiga sharh eʼlon qilindi. Unda Haydar Aliyevning Ozarbayjon-Oʻzbekiston munosabatlari rivojidagi xizmatlari tilga olinadi.

Aytilishicha, oʻzbek-ozarbayjon doʻstligi sobiq ittifoq davridayoq kuchaya boshlagan. Ikki respublika rahbarlari Sharof Rashidov va Haydar Aliyev ijobiy aloqalarga ega edi.

“1973 yil iyun oyida Ozarbayjonda oʻzbek adabiyoti va Oʻzbekiston kunlari boʻlib oʻtdi. M.F.Oxundov nomidagi Respublika kutubxonasida Oʻzbekistonda nashr etilgan kitoblar koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.1973 yilda Boku va Moskvada shoir Imodiddin Nasimiy tavalludining 600 yilligiga bagʻishlangan yubiley tantanalari boʻlib oʻtdi. Yubiley tantanalarida Oʻzbekiston arboblari faol ishtirok etdi. Oʻz navbatida, oʻsha yilning oktabr oyida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyida ushbu sanaga bagʻishlangan koʻrgazma tashkil etildi. Shu yili Ozarbayjon olimlari Beruniyning 1000 yilligini nishonlash marosimida qatnashdilar. Ozarbayjonda oʻzbek shoir va yozuvchilari: Abdulla Qodiriy, Oybek, Sharof Rashidov, Parda Tursun va boshqalarning asarlari tarjima va nashr etilgan", deyiladi maqolada.

Aytilishicha, Moskvada yuqori lavozimlarda ishlagan vaqtida Aliyev 80-yillardagi "paxta ishi"da oʻzbek xalqi tarafida boʻlgan va Sharof Rashidovni kutilayotgan provokatsiyalardan ogohlantirgan.

"Doʻstlik mustaqillik yillarida ayniqsa mustahkamlandi. 1996 yil Haydar Aliyev Oʻzbekiston hukumati delegatsiyasini juda iliq kutib olgandi. Oʻshanda Nizomiy Ganjaviyning 855 yilligi munosabati bilan Ozarbayjonda boʻlgandik" — deya yozadi muallif.

Haydar Aliyevning 1997 yil 18-19 iyul kunlari Oʻzbekistonga qilgan rasmiy tashrifi ayniqsa eʼtiborga molik. Tashrifda hamkorlik, doʻstlik va oʻzaro aloqalarga doir 19 ta muhim hujjat imzolangan.

Haydar Aliyev turkiy davlatlar integratsiyasining faol tarafdori boʻlgandi. Abror Gʻulomovga koʻra, "Aliyevning niyatlari ushalib, Oʻzbekiston-Ozarbayjon munosabatlari yangi darajaga chiqdi, turkiy davlatlar hamkorligi esa rivojlanib bormoqda".

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid