Mashhur aktyor oʻz uyidan oʻlik holda topildi
Bolaligidan filmlarda rol oʻynay boshlagan aktyor 1994 yilda chiqqan “Doʻstlar” serialidagi Chandler roli bilan mashhur.

Mashhur amerikalik aktyor Metyu Perri Los-Anjelesda 54 yoshida olamdan oʻtdi, deb xabar bermoqda Los Angeles Times.
U shanba kuni tushdan keyin uyidagi issiq vannada oʻlik holda topilgan. Oʻlim sababi yurak huruji oqibatida choʻkish boʻlishi mumkin, deyiladi xabarda
Bolaligidan filmlarda rol oʻynay boshlagan aktyor 1994 yilda chiqqan “Doʻstlar” serialidagi Chandler roli bilan mashhur.
Shuningdek, u "Uchlik tango", "Triumf: Ron Klarkning hikoyasi", "Toʻqqiz yard", "Dadam yana 17 yoshda" va boshqa filmlarda oʻynagan.