Shayxontohurda “Ekobozor” yonib ketdi
Yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Bugun, 28 oktabr kuni soat 06:58 da Toshkent shahar Shayxontohur tumanida joylashgan “Ekobozor” majmuasida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga koʻra 5 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib soat 07:26 da yongʻin oʻchirilgan.
Yongʻin natijasida savdo majmuasining 80 kv.m tashqi devor qoplamasi qismi va shu joydagi kafening 70 kv.m maydonida ichki va tom qismi yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida savdo majmuasining 7000 kv.m maydoni yongʻindan saqlab qolingan, deyiladi FVB xabarida.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.
Yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Avvalroq, Shayxontohurda restoran yonib ketgani xabar qilingandi.