Qozogʻistondagi kondan 16 kishining jasadi topildi
Mamlakat bosh prokuraturasi fojia yuzasidan tergov boshladi.

Qaragʻandadagi Kostenko konida portlash oqibatida halok boʻlgan 16 kishining jasadi topildi.
Viloyat hokimligi maʼlumotlariga koʻra, avariya vaqtida konda 252 kishi boʻlgan, 205 nafar konchi yer yuzasiga chiqarilgan.
Oʻn olti konchining jasadi hayot belgilarisiz topilgan. Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev halok boʻlganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.
Qutqaruvchilar voqea joyida ishlashni davom ettirmoqda. Qozogʻiston favqulodda vaziyatlar vaziri Sirim Sharipxanov qutqaruv ishlariga boshchilik qilmoqda.
Mamlakat bosh prokuraturasi fojia yuzasidan tergov boshladi.