Noyabrdan yoʻlkira oshadi
Bu haqda "Toshshahartransxizmat" xabar berdi.

Poytaxtda jamoat transportida yoʻl haqi 1 noyabrdan oshirilmoqda. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" xabar berdi.
Poytaxt jamoat transportida yangi, qoʻshimcha va ragʻbatlantiruvchi tariflar joriy etilmoqda. Unga koʻra, bir yoʻlovchi qatnovi uchun cheklangan tariflar naqd pul va bank kartalari orqali 2000 soʻm, ATTO transport kartalari orqali toʻlov uchun esa 1700 soʻm etib belgilanmoqda.
Yoʻlovchilar ATTO transport kartalaridan foydalangan holda bir soat ichida ikkinchi marotaba avtobusdan foydalansalar yoʻl haqi uchun 700 soʻm toʻlaydilar. Bir soat davomida yoʻlovchilar avtobusdan uchinchi va toʻrtinchi marotaba maʼlum bir manzilga harakatlanishi esa mutlaqo bepul boʻladi, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Toshkentda jamoat transporti narxi soʻnggi marotaba 2019 yil avgustda 1400 soʻm etib belgilangandi.