platina.uz
Jahon

Gʻazoda vaziyat keskinlashdi, Oʻzbekiston elchixonasi murojaat bilan chiqdi: soʻnggi xabarlar

2.2 milliondan oshiq kishi tashqi dunyodan butunlay uzilgan. 

Gʻazoda vaziyat keskinlashdi, Oʻzbekiston elchixonasi murojaat bilan chiqdi: soʻnggi xabarlar

27 oktabr tunida Isroil armiyasi Gʻazoda keskin hujumlarni boshladi, Gʻazo sektorida aloqa va internet uzildi, hudud dunyodan uzilib qoldi. Maʼlumotlarga koʻra, hozirda 2,2 mln.dan oshiq kishi blokadada qolgan.

Gʻazo sektori aholisi Isroilning kechagi hujumlari soʻnggi uch haftadagi eng shiddatli boʻlganini daʼvo qilmoqda, deb yozadi Haaretz nashri.

Aholining soʻzlariga koʻra, Gʻazoning sharqiy qismlari, ayniqsa shimoliy sektori, Jabaliya qochqinlar lageridan Bet Lahiya va Bet Xanungacha boʻlgan qismi doimiy ravishda oʻqqa tutilgan. Hujumlar sektorning markaziy qismida va janubdagi Xon Yunisda ham qayd etilgan. HAMAS va “Islomiy jihod” guruhlari Gʻazo shimolida isroillik qoʻshinlar bilan jang olib borayotganini maʼlum qildi.

Aloqa yoʻqligi sababli yerdagi tibbiy guruhlar bilan aloqa uzilib qolgani uchun bir kechada sodir boʻlgan zarbalarda qancha odam halok boʻlgani nomaʼlum.

BMT tomoni tezlikda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha rezolyutsiyani qabul qildi, Oʻzbekiston ham ushbu tashabbusni qoʻllab-quvvatladi.

Oʻz navbatida Isroildagi Oʻzbekiston fuqarolaridan elchixonaga kelishni vaqtincha toʻxtatib turish soʻraldi. Diplomatik missiya “murakkab vaziyat vujudga kelayotganini eʼtiborga olib”, fuqarolardan shaxsiy xavfsizlik choralarini koʻrish, raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikni soʻradi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid