UzIMEI tizimi soddalashtiriladi
Shuningdek, xorijlik fuqarolar uchun ham yengillik joriy etildi.

UzIMEI tizimida roʻyxatga olish tartibi soddalashtirilmoqda. Bunda mobil telefonlarni UzIMEI tizimida roʻyxatga olishda masofadan turib (onlayn) shaxsni biometrik identifikatsiya (Face-ID) qilish joriy etildi.
Shuningdek, Oʻzbekistonga xizmat safari yoki turizm uchun kelayotgan xorijiy fuqarolar mobil qurilmalaridan roʻyxatdan oʻtkazmasdan foydalanish davri amaldagi 30 kalendar kunidan 60 kalendar kunigacha uzaytirildi.
Bundan tashqari endilikda jismoniy shaxslar xorijdan oʻzi bilan olib kirgan ikkita mobil qurilma (telefon)ni bojxona toʻlovlarisiz roʻyxatdan oʻtkazishi mumkin.
Bungacha bitta telefonni roʻyxatdan oʻtkazishga ruxsat berilgan edi.
Avvalroq mobil raqamni almashtirmasdan turib aloqa operatorini oʻzgartirishga ruxsat berilgani xabar qilingandi.