platina.uz
Jamiyat

Shifokor: ochkoʻzlik infarktga olib keladi

Shu bilan birga, odamlarda nafas olish qiyinlashuvi, nafas qisilishi, yurak urish tezligi kuzatiladi. 

Shifokor: ochkoʻzlik infarktga olib keladi

Meʼyordan ortiq ovqatlanish nafaqat ortiqcha vaznga, balki diabet kabi kasalliklarning rivojlanishiga, shuningdek, yurak xurujiga olib kelishi mumkin. Bu haqda diyetolog Mixail Ginzburg aytib oʻtdi.

Shifokorning soʻzlariga koʻra, haddan tashqari koʻp ovqatlanish qon aylanishining buzilishi, shuningdek, ogʻir koronar sindrom va yurak-qon tomir kasalliklari bilan ogʻrigan odamlarning ahvolini keskin yomonlashtiradi.

Shu bilan birga, odamlarda nafas olish qiyinlashuvi, nafas qisilishi, yurak urish tezligi va qon bosimi ortishi kuzatiladi. Agar bu holat uzoq davom etsa, bularning barchasi yurak-qon tomir tizimi halokatiga olib kelishi mumkin, deb taʼkidladi Ginzburg.

Mutaxassisning qoʻshimcha qilishicha, koʻp miqdorda ovqat isteʼmol qilish ovqat hazm qilish organlariga salbiy taʼsir qiladi. Xususan, oshqozon, jigar va oshqozon osti bezi, shular jumlasidan. Natijada xoletsistit va pankreatit kabi patologiyalar rivojlanishi mumkin. Bundan tashqari, ortiqcha vaznga ega odamlar koʻpincha gipertoniya, ateroskleroz, qandli diabet va podagra kabi kasalliklarga duch kelishadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid