platina.uz
Jamiyat

Jarima ballari qachondan ishga tushishi hamon nomaʼlum

Oradan qariyb bir yil oʻtgan boʻlishiga qaramay, bu tizim hamon ortga surib kelinmoqda.

Jarima ballari qachondan ishga tushishi hamon nomaʼlum

Prezident qaroriga koʻra, 1 dekabrdan haydovchilar qoidabuzarligi uchun jarima ballarni hisoblash boshlanishi kerak edi. IIV Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ushbu tizim 1 dekabrdan test rejimida ishga tushganini aytgandi.

Ammo oradan qariyb bir yil oʻtgan boʻlishiga qaramay, bu tizim hamon ortga surib kelinmoqda. Bugun Oliy majlis senati yalpi majlisida yoʻl harakati qoidalari haqidagi qonunning yangi tahriri muhokama qilindi va Ichki ishlar vazirligi jarima ballari haqida maʼlumot berdi.

Aytilishicha, jarima ballari boʻyicha qonun loyihasi tayyorlangan. Unda jarima ballarini toʻplagan haydovchilarga nisbatan maʼmuriy jazo, shuningdek, ballar umumiy soni 12 tadan oshib ketsa, haydovchilik guvohnomasidan 3 yilgacha mahrum qilish jazolari qoʻllanilishi nazarda tutilgan.

25 oktabr kuni qonun loyihasi koʻrib chiqishlik va birgalikda qayta ishlash uchun Prezident administratsiyasiga kiritildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid