Farmatsevtika agentligiga direktor tayinlandi
Bu haqda Platina.uz manbasi xabar berdi.

Abdulla Azizov Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Platina.uz manbasi xabar berdi.
Bunga qadar u “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisining raqamlashtirish boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Azizov avval sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari lavozimida ham ishlagan. 2019 yilning sentabr oyida Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan. Undan oldin Daniya qirolligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ishlagan.
Eslatib oʻtamiz, agentlikning oldingi direktori Ulugʻbek Egamov shu yil fevralda tayinlangandi.