platina.uz
Jamiyat

Endi raqamni oʻzgartirmasdan mobil operatorni tanlash mumkin boʻladi

Bu jarayonda mobil aloqa abonentlariga ular boshqa operatorga koʻchganda oʻz abonent raqamini saqlab qolish imkoniyati taqdim etiladi.

Endi raqamni oʻzgartirmasdan mobil operatorni tanlash mumkin boʻladi

Mobil aloqa abonentlariga oʻz mobil raqamlarini saqlagan holda oʻzlari xohlagan mobil aloqa operatori xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Bugun, 27 oktabr kuni “ICTWEEK UZBEKISTAN – 2023” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamini koʻchirish xizmati (MNP) ishga tushirildi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Xizmatning ishga tushirilishi mamlakatimizda faoliyat yuritib kelayotgan mobil aloqa operatorlari oʻrtasida sogʻlom, ijobiy raqobatni yanada kuchaytirish bilan birga ular tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatining oshishiga olib keladi, deyiladi xabarda.

Uning qulayligi shundaki, endilikda abonentlar mobil aloqa operatorlarining xizmat koʻrsatish sifatiga qarab istalgan kompaniyani tanlashi mumkin.

Bu jarayonda mobil aloqa abonentlariga ular boshqa operatorga koʻchganda oʻz abonent raqamini saqlab qolish imkoniyati taqdim etiladi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid