Shavkat Mirziyoyev noyabrda Qozogʻistonga boradi
Bundan tashqari sammitda Qozogʻiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Vengriya rahbarlari ham qatnashadi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 noyabrda tashrif bilan Ostonaga boradi. Bu haqda Oqoʻrda matbuot xizmati xabar berdi.
Oʻzbekiston rahbari u yerda Turkiy davlatlar tashkilotining yubiley 10-sammitida qatnashadi.
Bundan tashqari sammitda Qozogʻiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Vengriya rahbarlari ham qatnashadi.
Taʼkidlash joizki, 1 noyabr kuni Qozogʻistonga Fransiya prezidenti Emmanuel Makron rasmiy tashrif bilan keladi.