platina.uz
Jamiyat

Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasi fuqarolik uchun arizalar qabulini toʻxtatdi

2023 yil 1-choragida 106 mingdan koʻproq xorijlik Rossiya fuqaroligini qabul qilgan.

Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasi fuqarolik uchun arizalar qabulini toʻxtatdi

Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi fuqarolik olish uchun arizalarni qabul qilishni vaqtincha toʻxtatdi. Bu haqda diplomatik vakolatxonaning Telegram kanali xabar berdi.

"Fuqarolik masalalari boʻyicha arizalarni qabul qilish (fuqarolikning mavjudligi/yoʻqligi toʻgʻrisida soʻrovlar bundan mustasno) Fuqarolik masalalarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom qabul qilingunga qadar toʻxtatiladi”, — deyiladi xabarda.

Arizalarni qabul qilish yana qachondan boshlanishi aniq aytilmagan.

Taʼkidlash kerakki, 2023 yil 1-choragida 106 mingdan koʻproq xorijlik Rossiya fuqaroligini qabul qilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 35 ming kishiga kam.

Joriy davrda Rossiya fuqaroligi uchun ariza berganlar orasida esa Tojikiston fuqarolari birinchi oʻrinda. Oʻzbekiston esa dastlabki oʻntalikka kirgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid