Qoʻlingizda chiqindi bor. Ammo yaqin atrofda chiqindi qutisi yoʻq, nima qilasiz?

Mana shunday holatlar yuzasidan Platina.uz aholi orasida soʻrovnoma oʻtkazdi. 

Jamiyat
26-oktabr 2023 yil

Shaharda aylanib yurar ekansiz, har ikki qadamda chiqindilar toʻplanib yotganiga koʻzingiz tushadi. Birinchi odam “bitta meniki bilan hech narsa boʻlmaydi”- deb tashlaydi. Keyingilar “chiqindi bor ekan” - deb. Qarabsizki, axlat uyumi paydo boʻladi. Ekologiya, atrof muhit tozaligi haqida bot-bot bong urganimiz bilan oʻzimiz unga qanchalik eʼtiborlimiz? Siz yashayotgan hudud tozaligi qanchalik yaxshi?

Mana shunday holatlar yuzasidan Platina.uz aholi orasida soʻrovnoma oʻtkazdi. 

Soʻrovnomada qatnashganlarning koʻpchiligi ekologiya dolzarb masala ekanligini unga befarq emasligini taʼkidlagan.

Fikrlar ichida Oʻzbekitonda ekologiya yaxshi deb fikr bildirganlar ham bor. Hudud tozaligini esa yaxshilanganini taʼkidlashmoqda. 

Bizning soʻrovnomada qatnashganlar chiqindini qutisigacha koʻtarib borishini, shaxsiy sumkasi yoki mashinasida saqlashini aytgan. Aholining fikricha, chiqindi qutilari yetarli emas. 

Talaba qizning fikricha qutilarning yetishmasligi uni doim olib yurishga sabab boʻladi. Doim ham olib yurolmagach ariqlar yechim boʻlishini, ammo iloji boricha qutilarga tashlash kerakligini taʼkidlaydi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+