Qarshi tumaniga yangi hokim tasdiqlandi
Shu vaqtga qadar bu lavozimni Behzod Yusupov egallab kelayotgandi.

Aliqulov Zoir Xalilovich Qarshi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Zoir Aliqulov 1979 yilda Qarshi shahrida tugʻilgan. Ichki ishlar akademiyasi, akademiyaning magistratura va oliy akademik kurslarini tamomlagan.
Tayinlovga qadar u Dehqonobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib oʻtamiz, shu vaqtga qadar Qarshi tumani hokimi lavozimini Behzod Yusupov egallab kelayotgandi. Maʼlumotlarga koʻra, u oʻz istagiga koʻra hokimlikdan ketgan.