AQShda nomaʼlum shaxs 22 kishini otib oʻldirdi
Politsiya jinoyatchini izlashda davom etmoqda.

AQShning Men shtatidagi Lyuiston shahrida nomaʼlum shaxs oʻt quroldan odamlarga qarata ochdi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, kamida 22 kishi halok boʻlgan, 50 dan ortiq kishi jarohatlangan.
Shtatning ikkinchi yirik shahri aholisiga xavfsiz joylardan boshpana topish tavsiya etilgan.
Politsiya gumonlanuvchining suratini eʼlon qildi. Politsiya maʼlumotlariga koʻra, voqealar "turli joylarda" sodir boʻlgan.
Oq uyning bildirishicha, prezident Jo Bayden voqea haqida xabardor qilingan.
Men politsiyasi qurolli shaxs 40 yoshli Robert Kard ekanligini aniqladi.
Politsiya jinoyatchini izlashda davom etmoqda, uning qurolli va oʻta xavfli ekanligi haqida ogohlantirmoqda.