platina.uz
Iqtisod

Yandex Go Oʻzbekistonda soliq roʻyxatidan oʻtdi

Aks holda, 1 dekabrga qadar xizmat bloklanishi maʼlum qilingan.

Yandex Go Oʻzbekistonda soliq roʻyxatidan oʻtdi

Yandex Go Oʻzbekistonda soliq rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtdi. 1 dekabrdan servis “Oʻzbekistonda mahalliy sharoitda ishlay boshlash” niyatida, deydi kompaniyaning MDHdagi rahbari Kirill Svinsov.

“Hozir biz barcha jarayonlarni yakunlayapmiz, Davlat soliq qoʻmitasi bilan doimiy muloqotdamiz”, degan Svinsov RIA "Novosti" muxbiriga Toshkentdagi ICT Expo Uzbekistan koʻrgazmasi doirasida.

Oktabr oyi boshida Oʻzbekiston davlat Soliq qoʻmitasi Yandex Go kompaniyasidan dekabrgacha soliq rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtishini talab qilgandi.

Aks holda, 1 dekabrga qadar xizmat bloklanishi maʼlum qilingan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid