Turkiyada golf ishqibozlari uchun muhim manzillar eʼlon qilindi
Turkiyada golf tarixi tahminlardan ancha uzoqqa borib taqaladi.

Har bir insonning koʻngliga mos takliflar taqdim etoladigan noyob yoʻnalishlardan biri boʻlgan Turkiya sayohatchilarga goʻzal tabiat, hayratlanarli sohillar, qadim shaharlarning ochiq osmon ostidagi muzeylari, keng doiradagi mahalliy taomlar va turli tadbirlarni taklif etadi.
Bundan tashqari, dunyoga mashhur golf maydoni arxitektorlari tomonidan ishlab chiqilgan yumshoq iqlimi va yashilliklari bilan Turkiya, golf sporti uchun dunyodagi eng koʻp tanlangan yoʻnalishlardan biridir. Xususan, Turk Riviyerasining yuragi sanalgan Antaliyaning Belek viloyati, Antaliyani golf bilan "maʼnodosh" qilib qoʻygan mashhur mehmonxonalar va dam olish maskanlariga ega.
Turkiyaning golf sarguzashtlari XIX asrda boshlangan
Turkiyada golf tarixi tahminlardan ancha uzoqqa borib taqaladi. 1895 yilda asos solingan Istanbul golf klubi, Turkiyaning Antaliya, Mugʻla, Izmir, Anqara, Samsun va Aydin kabi mashhur shaharlarida ham golf klublarining tashkil etilishiga turtki boʻlgan. Biroq, yoqimli iqlimi va soʻlim tabiati bilan Antaliyaning Belek mintaqasi bu sohada boshqalaridan ajralib turdi va oʻziga xos mehmonxona xizmatlarini taklif etdi. Antaliyaning bugungi kunda muhim sport turizmi yoʻnalishiga aylanishiga sezilarli hissa qoʻshgan Belekdagi golf mehmonxonalari havaskor va professional golfchilar uchun uchrashuv nuqtasi vazifasini bajaradi. Ushbu muassasalar, Xalqaro Golf Turoperatorlari Assotsiatsiyasi (IAGTO) tomonidan 2008 yilda Belekni "Yevropadagi yilning eng yaxshi golf yoʻnalishi" mukofotiga sazovor boʻlishining muhim omillaridan biridir. Shuningdek, mintaqada sport ixlosmandlariga yilning 300 kuni quyoshli oʻtishi va oʻrtacha harorat kamdan-kam hollarda 21 darajadan pastga tushishi hududda istalgan mavsumda golf oʻynash imkoniyatini taqdim etadi. Yevropadagi golf maydonlaridan farqli oʻlaroq, Belek qish oylarida ham golf bilan shugʻullanishga chorlaydi.
Belekda golfning boshqa muhim hihatlari
Mintaqadagi maxsus turar joy binolari, atrof-muhit bilan uygʻun tarzda loyihalashtirilgan oʻzining golf maydonlariga ega. Turk Riviyerasining zumrad tabiati qoʻynida joylashgan 11 ta golf klubi va 17 ta 18 chuqurchali musobaqa maydonlari mintaqadagi golf ixlosmandlariga xizmat qilib kelmoqda. Antaliyaning golf markazi Belekda yil davomida golf oʻynash, maydonlarga 24 soat kirish imkoniyati mintaqani yanada diqqatga sazovor markazga aylantiradi. Golf oʻynash sifatini oshirish va taʼminlash uchun baʼzi klublarda tungi noyob yoritish tizimlari mavjud. Bu Belekning yam-yashil maydonlarida oʻynashni yanada osonlashtiradi. Har yili Yevropa, Osiyo va Amerikadan minglab sayyohlarga mezbonlik qilib kelayotgan Belek, Antaliya aeroportidan Belek mehmonxonalariga yaqinligi kabi oʻziga xos afzalliklari bilan mehmonlarini kutib oladi. Belek aeroportdan taxminan 35 daqiqalik masofada joylashgan.
Belek oʻz mehmonlariga golfdan tashqari bir qancha taʼtil tajribalarini taklif etadi. Mintaqa oʻzining tabiiy diqqatga sazovor joylari, boy madaniy merosi, mashhur turk mehmondoʻstligi va tengsiz oshxona anʼanalari bilan sayyohlarning sevimli manziliga aylangan. Bundan tashqari, yilning 300 kuni quyoshli ekani bilan Antaliyada deyarli cheksiz yoz mavjud. Taqvimingiz kuzni koʻrsatsa ham, Antaliyaning iliq ob-havosi, “Moviy bayroq”li sohillari, hashamatli turar joy binolari, goʻzal tabiati va betakror turk taomlari bu maftunkor yoz shahrini abadiy dam olish maskaniga aylantiradi.