platina.uz
Siyosat

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimidan ketdi

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Aziz Voitov qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimidan ozod etilgandi. 

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimidan ketdi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Abdurahmonov Ibrohim Yoʻlchiyevich oʻz lavozimidan ozod etilgan. U qishloq xoʻjaligi vaziri etib tayinlanishi kutilmoqda.

Bu haqda Platina.uz manbasi xabar berdi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Aziz Voitov qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimidan ozod etilgandi.

Ibrohim Abdurahmonov 1975 yilda Namangan viloyati Chust tumanida tugʻilgan.

U 2017 yil noyabrida yangi tashkil etilgan Innovatsion rivojlantirish vazirligi rahbari etib tayinlangandi.

2022 yil dekabrida prezident farmoni bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Innovatsion rivojlantirish vazirligi qoʻshib yuborildi. Abdurahmonov esa ushbu vazirlikni boshqarib kelayotgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid