Markaziy bank 21 bankni jazoladi
Markaziy bank avgust-sentabr oylarida tijorat banklarida nazorat tadbirlari oʻtkazgan.

Markaziy bank 21 ta tijorat bankiga nisbatan chora koʻrdi, bunda 16 ta tijorat bankidan jarimalar undirdi va 5 ta tijorat bankiga ogohlantirish bergan.
Markaziy bankning Bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati avgust-sentabr oylarida tijorat banklarida nazorat tadbirlari oʻtkazgan.
Nazorat tadbirlarida tijorat banklarining joylardagi muassasalarida isteʼmolchilar bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda bank faoliyatiga qoʻyiladigan talablarga rioya etilishi, shu jumladan, terminallar orqali toʻlovlarning qabul qilinishi hamda bank xizmatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni isteʼmolchilarga toʻgʻri va toʻliq taqdim etilishi holatlariga eʼtibor qaratilgan.
Banklar taklif etayotgan kredit va omonatlar haqidagi axborotlar isteʼmolchilarga qonunchilikda belgilangan tartibda oshkor qilinishi hamda bank kartalari orqali xizmatlar koʻrsatilishini toʻliq yoʻlga qoʻymagan.