platina.uz
Jamiyat

1 yanvardan Shahrisabz aeroportida parvozlar boshlanadi

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoda yigʻilish oʻtkazmoqda. 

1 yanvardan Shahrisabz aeroportida parvozlar boshlanadi

Qarshi shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.

Yigʻilishda Shahrisabz aeroportida fuqaro aviatsiyasi yoʻlga qoʻyilishi taʼkidlandi.

1 yanvardan boshlab Shahrisabz aeroportiga yangi ATR samolyoti parvozlari yoʻlga qoʻyilib, Samarqand, Buxoro, Xorazm va vodiy viloyatlariga mahalliy reyslar koʻpaytiriladi.

Toshkent-Qarshi yoʻnalishida aviareyslar haftasiga 2 martadan 7 martaga oshiriladi.

Natijada, aviachiptalar narxi 2 barobar arzonlashadi, xorijiy va mahalliy sayyohlar oqimi esa 3 barobar koʻpayadi.

Mutasaddilarga “Taxtaqoracha” dovonidan oʻtish talablarini yengillashtirish topshirildi.

Kelgusi yilda “Taxtaqoracha” dovonida yangi tonnel va yoʻl qurish loyihasi boshlanadi. Xitoylik investorlar bilan birga Samarqand bilan Shahrisabzni bogʻlovchi 30 kilometr yoʻlni taʼmirlash ishlari boshlanadi.

Shuningdek, “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” yoʻlining Qashqadaryodan oʻtgan 100 kilometr qismini taʼmirlashga 122,5 million dollar jalb qilinadi.

Umuman, kelgusi yilda xorijiy sayyohlarni 500 mingtaga yetkazish vazifasi qoʻyildi, deyiladi xabarda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid