Prezident farmoni ijrosini bajarmayotgan vazirliklar
Agentlik, qoʻmita, inspeksiya va banklar kabi boshqa tashkilotlardan hali birortasi tizimda hujjatlarni eʼlon qilishni yoʻlga qoʻymagan.

E-qaror tizimida vazirliklar ham oʻzlari chiqargan har qanday hujjatlarni joylab borishi kerak. Bu haqdagi prezident farmonida soʻnggi muddat 2023 yil sentabr edi.
Ammo E-qaror tizimi orqali buyruq, qaror va farmoyishlarning eʼlon qilinishi haligacha yoʻlga qoʻyilmagan. Prezident farmoni ijrosini oʻz vaqtida bajarmay kelayotgan vazirliklar:
- Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
- Iqtisodiyot va moliya vazirligi
- Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi
- Qurilish, uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
- Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
- Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
- Favqulodda vaziyatlar vazirligi
- Yoshlar siyosati va sport vazirligi
- Transport vazirligi
- Mudofaa vazirligi
- Energetika vazirligi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi
- Tashqi ishlar vazirligi
- Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi
Shuningdek, boshqa tashkilotlar, jumladan, agentlik, qoʻmita, inspeksiya va banklardan hali birortasi tizimda hujjatlarni eʼlon qilishni yoʻlga qoʻymagan.
Hujjatlarni eʼlon qilib borayotgan vazirliklar:
- Adliya vazirligi
- Ichki ishlar vazirligi
- Madaniyat vazirligi
- Qishloq xoʻjaligi vazirligi
- Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
- Raqamli texnologiyalar vazirligi
- Suv xoʻjaligi vazirligi