platina.uz
Jamiyat

Navoiy viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

U 2009 yilda Toshkent avtomobil yoʻllar institutini tamomlagan.

Navoiy viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Kamolov Erkin Shamsiddinovich Navoiy viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqida viloyat hokimligi xabar berdi.

Tayinlangunga qadar Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi huzuridagi “Qamchiqavtoyoʻl” ixtisoslashtirilgan yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Erkin Kamolov 1987 yilda Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 2009 yilda Toshkent avtomobil yoʻllar institutini tamomlagan.

Avval bu vazifada ishlab kelgan Bekzod Bobomurodov Qiziltepa tumaniga hokim etib tayinlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid