platina.uz
Jahon

Gʻazodagi urushda qancha bola oʻlgani maʼlum qilindi

Save the Children tashkilotining Falastindagi direktori Jeyson Li janglarni zudlik bilan toʻxtatishga chaqirdi.

Gʻazodagi urushda qancha bola oʻlgani maʼlum qilindi

Soʻnggi 17 kun ichida Gʻazo sektorida kamida ikki ming nafar voyaga yetmagan bola halok boʻldi. Buni Save the Children xalqaro xayriya tashkiloti maʼlumotlari tasdiqlaydi.

Tashkilot bayonotida aytilishicha, “doimiy havo hujumlari Gʻazo sektoridagi minglab binolarni tutun chiqayotgan vayronalar uyumiga aylantirmoqda”. Save the Children tashkilotining Falastindagi direktori Jeyson Li janglarni zudlik bilan toʻxtatishga chaqirdi.

U mojaro tomonlari bolalarni himoya qilishi kerakligini taʼkidladi: “Bolalar hayotini himoya qilishning yagona yoʻli bu zoʻravonlikni toʻxtatishdir”.

Avvalroq Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) besh agentligi Gʻazo sektoridagi vaziyat halokatli ekanini aytgan.

Isroilning sobiq mudofaa vaziri va mamlakat favqulodda hukumatining amaldagi aʼzosi Benni Gansga koʻra, Gʻazodagi urush oylar mobaynida davom etishi mumkin.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid