Fargʻonada qabul: oʻnlab mahkumlar ozod etildi, ajrim yoqasidagi oilalar saqlab qolindi
Sayyor qabullar Fargʻona viloyatining Margʻilon, Fargʻona, Qoʻqon shaharlari va Qoʻshtepa, Bagʻdod tumanlarida oʻtkazildi.

Prezident topshirigʻiga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhining joylarda sud-huquq masalalari boʻyicha sayyor qabullari davom etmoqda.
Navbatdagi manzil Fargʻona viloyati boʻldi. Sayyor qabullar Fargʻona viloyatining Margʻilon, Fargʻona, Qoʻqon shaharlari va Qoʻshtepa, Bagʻdod tumanlarida oʻtkazildi.
Uch kun davomida aholi murojaatlari Prezidenti Administratsiyasi, viloyat sud, prokuratura, ichki ishlar, soliq, adliya va bojxona boshqarma rahbarlari tomonidan tinglandi.
Oʻtkazilgan qabullar davomida kelib tushgan jami 683 ta masalalarning 44,3% joyida ijobiy hal qilingan boʻlsa, 13% murojaatga tushuntirish va huquqiy maslahat berish orqali yechim topildi, qolgan 42,6% oʻrganish va hal etish topish uchun vaqt talab qilganligi sababali nazoratga olindi.
Xususan, oʻtkazilgan sayyor sudlar natijasida sudlar tomonidan probatsiya xizmatida roʻyxatda turgan shaxslar qilmishidan pushaymonligi, jamoatchilik tomonidan berilgan ijobiy xulosalar asosida 34 nafar mahkum muddatidan avval shartli ravishda ozod etildi, 2 nafar fuqaroga ozodlikni cheklash jazosi yengilroq jazo turigi almashtirildi.
Bagʻdod tumanida faoliyat koʻrsatuvchi “Fargʻona Spining” tikuv–trikotaj korxonasi soliq hisobotlariga oid belgilangan majburiy ajratmalaridan norozi boʻlib murojaat qildi. Korxonaning masalasi ham joyida koʻrib chiqilib, unga nisbatan ortiqcha koʻllanilgan 300 mln soʻm miqdoridagi mablagʻlarning qaytarilishiga erishildi.
Viloyat prokuraturasi mutasaddilari tomonidan 30 nafar shaxsni aliment undirish yuzasidan qilgan murojaatlari ijobiy hal etildi.
Shu oʻrinda taʼkidlab oʻtish kerakki, turli hil ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sabablar tufayli ajrashish jari yoqasiga kelib qolgan 6 ta yosh oila mutasaddilar aralashuvi bilan yarashtirildi.
Bundan tashqari, qabullar davomida fuqarolarning murojaatiga asosan materiallarni tergov organlariga topshirish, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish, fuqarolik pasporti va horijga chiqish pasportini rasmiylashtirish kabi qator masalalar ham koʻrib chiqilib, oʻz ijobiy yechimiga ega boʻldi.
Sayyor qabullar davomida ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa masalalar boʻyicha ham qator murojaatlar kelib tushdi. Natijada 5 nafar fuqarolar ishga joylashtirildi, 16 nafar fuqaroga moddiy yordam berildi, 3 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga tikuv mashinalari berildi, 4 nafar nogironligi boʻlgan shaxslarga nogironlik aravachalari topshirildi.
Qabullar bilan bir qatorda Respublika ishchi guruhi vakillari Fargʻona viloyatida “Obod xonadon – obod koʻcha – obod mahalla” dasturi ijrosi jarayonini ham oʻrgandi. Prezident maslahatchisi oʻrinbosari Ulugʻbek Muhammadiyev boshchiligidagi guruh Rishton tumani “Pandigon” MFYdagi ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Xususan, oʻrganishlar jarayonida mahalladagi “Yangi hayot” koʻchasida yashovchi 85 yoshli Enaxon Qambarovaning xonadonida boʻlib, xonadon sohibi bilan suhbatlashildi. Oilaning turmush sharoiti oʻrganilib, davlatimiz rahbari nomidan kerakli moddiy yordam koʻrsatildi hamda kunlik roʻzgʻori uchun ena bola sogʻin sigir sovgʻa qilindi.E.Qambarova inson uchun yaratilib berilayotgan bunday sharoitlar uchun Respublika Prezidenti va hukumatiga cheksiz mahalla nomidan minnatdorchiligini bildirdi.