AQShda 158ta avtomobil toʻqnashdi, yetti kishi halok boʻldi
Luizana politsiyasi maʼlumotiga koʻra, jabrlanganlar soni yanada oshib ketishi mumkin.
AQShning Luiziana shtatida sodir boʻlgan yirik yoʻl-transport hodisasi oqibatida yetti kishi halok boʻldi, 25 kishi jarohat oldi, deya xabar beradi shtat politsiyasi.
"Dastlabki surishtiruvlar YTHda kamida 158 ta avtomobil ishtirok etganini aniqladi. 7 kishining oʻlimi tasdiqlandi.
25 dan ortiq odam turli darajadagi tan jarohati olib, hududdagi shifoxonalarga yetkazildi", — deyiladi politsiyaning X (sobiq Tvitter) ijtimoiy tarmogʻidagi bayonotida.
Luizana politsiyasi maʼlumotiga koʻra, jabrlanganlar soni yanada oshib ketishi mumkin. Hodisa oqibatida yoʻllarda ulkan tirbandliklar vujudga keldi.
NBC telekanali xabariga koʻra, avariyaga quyuq tuman sabab boʻlgan.